Uni mushugi

Hammasi yaxshi ketayotganda nimadir shuni buzishi kerak-da. Tualetga kirib ketayotib u mani aylanadigon stuliga o’tirg’izib qo’ydi. Man ham aylanaverdim u stulda. Oyog’imni tagidan o’tib ketayotgan mushugiga tegib ketibdi-de oyog’im endi. Bir payt bundo ozgina yurib to’xtadi-de, qaytib kelib mani oyog’imni tishladi. Oldin o’ynayapti deb o’yladim, oyog’imni yig’ib stulga chiqazib oldim. Bir payt sakrab oyog’imni tishlayapti. “Bo’ldi qil” desam ham, stulni orqa tomonidan aylanib kelib yana tashlanayapti. Shunaqa qo’rqib ketdim, 3-4 marta tishlaganidan keyin baqira boshladim “mushiging man bilan urushvotti” deb. Mushukni boshidan ushlab qaytarishga harakat qildim, unda ikki qo’li bilan qo’limni timdaladi. U ham chiqa qolmadi darrov tualetdan. U chiqqunicha ham yan 3-4 marta hujum qilgandi mushugi. Chiqdi-yu mushugini ko’tarib eshikdan chiqazib yubordi. A man chidolmadim, bilmadim shunchalik qo’rqibmanmi, nafasim tiqilib yig’lab yubordim. U esa yonimda o’tirib mushuk bilmaydi sanga og’rishini, mushuklar unaqa, mushuklar bunaqa, bunday paytda nima qilishni bilish kerak deb o’tirdi. Xuddi mani umrimda “urushqoq” mushugim bo’lgandek. Unga indamadim, lekin manga yoqmaydi uni mushuk boqishi, bunaqa tupoy mushukni boqishi. Tovba qildim man u mushukka ovqat berganman-a, kuchuk unga ovqat bergan odamga bir umr vafodor bo’ladi. Bitta oyog’im tegib ketganiga shunchalik urush kerakmi?

Shunaqa gaplar kundaligim, shu desang mushuklardan ko’nglim qolib ketdi, shunchalik ahmoq hayvon ekan boru. Uni mushugi borligi manga yoqmaydi, lekin yo mushukni yo mani tanla deyolmayman ham…

Posted in Kundaligim | Leave a comment

O’tiribman imtihon oldi

O’o'o’tiribman, ertadan keyin imtihon, yana ikkita fandan. A mani dars qigim kemayapti. Ikki soat pochtamni tekshirdim, ashula eshitdim, ovqat yedim, lekin eng muhim bo’lgan ish darsimni qilmadim.

Shunaqa gapla kundaligim

Aytgancha yigitim bilan chatlashdim :) Darsimi qilaman deb uy(ota-onamniki)ga kelib olgandim. Qarasam yana avvalgidek yarim kecha 3-4 qilib uxlayapman. Uni uyida 11-12 da yotardik. Shunga ham unikida bo’lganim yaxshi deb o’yladim. Manga dars qilishimga joy kerak dedim, ovora qilib qo’ydim shekilli. Oldin kichkina stolini tiqishtirdi, keyin televizorni tagidagi. Kichkina stoli past, televizorniki baland. Ertaga borib televizorni stolida dars qilib ko’raman. Unga bir oycha oldin ko’chib kemoqchiman uyingga degandim. “Lekin qiynalib qolmasmikinsan shartta ko’chib kelsang” – degandi u. Endi o’ylayapman, qiynalib qolmasmikin uni uyiga ko’chib borsam :) O’zi bita stol topolmayapti-yu dars qilishimga. Narsalarimni qo’yishga joy toparmidi.

Xullas kundaligim shu narsalarni o’ylab yuribman imtihonga tayyorlanish o’rniga.

Posted in Kundaligim | Leave a comment

G’alati tush

Baxtiyor bilan xuddi hech narsa bo’lmagandek yurgan emishman. U yonimdaligi manga umuman g’alati tuyulmayatgan ekan. Tushimdan ko’p narsa eslolmayman-u, lekin uni yuzi esimda. U gapirganida qarab turganim esimda. Uni sochi qora ko’zlari esa hozirgi yigitmnikidek edi. Judayam g’alati. Ko’zlari boshqacha bo’lgani bilan o’zini tutishi gapirishidan Baxtiyor edi. Men esa u bilan birga edim. Uyg’ondim-u o’zimni xuddi qo’rqinchli tush ko’rgabdek his qildim, qanday qilib Baxtiyorni hozirgi yigitmdan ajratolmadim, qanday qilib tushimda uni yomon ko’rishim, undan nafratlanishim esimga kelmadi? Xuddi jinni bo’lib qolgandek, shunaqa qo’rqib ketidm, Alloh o’zi asrasin bunaqa xolga tushishdan dedim-u lekin…

Lekin tushimni noto’g'ri tushungan ekanman. Bir-ikki kun keyin bir yaqin tanishim (katta yoshli ayol) bilan gaplashayotib qanaqa xato qilganimni tushundim. Hozirgi yigitim bilan nikohsiz, hech qanday kelishuvsiz yashaymiz. Shvedlar shunday “sambo” sambu öqilishi, sam-birga, bo-yashash) qilishadi-da, ya’ni bir-birinikga köchib keladi-da yashaydi. Lekin man hatto unikiga ko’chib ham bormaganman. Baxtiyor so’ragan narsa ham xuddi shu edi. Shunday birga yashab yurish. Bahtiyor ham u ham bir xil, men esa buni anglayolmay yurgan edim. Hozirgi yigitim avvalgisi qilmoqchi bo’lgan ishni qildi. Javobgarlikni bo’yniga olmaslikni. O’zini Nikoh rishtalari bilan bog’lamaslikni. Man esa shuni ko’rolmayatgandim. Tushimda man jinni emasdim. Man o’ngimda jinniman.

Posted in Kundaligim | Leave a comment

Xursandman

Xursandman u xursandligidan! Kecha kechqurun 12 da uyqim kelmay qitmirlik qila boshladim. U internetda nimadir o’qiyotgandi. O’zi divanda yotibdi sichqoncha va klavishi yonidagi stolda, kompyuteri ekrani televizornikidek, tumbochkani ustida turadi. Ustiga ötirdimde, uyqim kemayapti deb shirinlik yeya boshladim. “Shirinlik yesang energiyang köpayadi, keyin yana uyqing kelmaydi” dedi-da yon tomoni bilan yotib, qo’lini yuziga qo’yib oldi. Yo’q dedimu öpmoqchi böldim uni, lekin qo’li yuzidaligi uchun egilib yuzini topib öpishga to’g'ri keldi. Keyin u yuzini bekita boshladi. Har safar yuzini topishga harakat qilganimda kulardi. Odam o’zini himoya qilishi qiyin bo’larkan, yonida energiyasi oshib ketgan qiz bo’lsa dedi.

U bilan bo’lsam o’zimni yosh boladek his qilaman. U kechqurunlari charchagan bo’ladi. Lekin ertalablari mani uyg’otadi. Man esa teskarisi, ertalab charchagan, choy ichish bilan 40 minuti ötqizvorib, abetta ovqatlangim kelmay, kechqurun o’zimga kelaman. Lekin u kechasi charchagan bölsada, bor-e demaydi. Nega kulayapsan deganimda esa ”ustimga oshib chiqib olyapsanda, o’pyabsan” dedi :)  Hehe, uni yuzini topish uchun oshib chiqish, aylanib o’tish va ko’p shunga o’xshagan narsalar qilishga to’g'ri keldi, rostdan ham.

Posted in Kundaligim | Leave a comment

Yigitim bor

Yigitim bor, özi u avvaldan bor edi. Lekin endi munosabatlarimiz yaqinroq. Endi “shvedchasiga” yigitim bor. Shvedchasiga yashavommiz, uni uyiga yotib qogani borib turaman. Bir tomondan yaxshi “yaqin” bo’lish, lekin to’g'rimikin deb o’ylab qolaman. Unashtirilaylik degandim unga, mayli dedi, keyin esa “g’alati bo’ladi, odamlar to’yila qachon bo’ladi deb so’rashsa nima deymiz” dedi-yu shundan beri shu haqida gaplashmadik. Unga g’alati tuyuladi nikoh, to’y digan narsala, manga esa g’alati shundo yashab yurish.

Lekin uni sevaman. Sevgi zararli narsa ekan, Undan boshqa hech narsa haqida o’ylolmayman, ancha bo’ldi darslarimni qilmaganimga, xonamni ham yig’ishtirishga vaqtim yöq. O’qishdan kelaman unikiga ketaman. U bazida ovqat pishirib ötiradi, kelishimga :) )) Uyiga borsam hammayo ovqat hidiii. Rosa mehribon. Ko’nglimga qaridi. Kutadi :)

Shunaqa gapla kundaligim. Yana gaplasharmiz hali.

Posted in Kundaligim | 2 Comments

Tuni bilan sochimni hidlab yotdi

Kecha unikida uxladim. Uni joyida u bilan yotdim. Mazza. Dadam bilan urushib chiqib ketdim, uyga kelgim kelmadi shundan keyin. Yurib yurib soat 11 larda unga sms yubordim, uyinga borsam maylimi deb. Ozgina ovqatlandim, gaplashdik, keyin qayerda yotaman desam, man bilan yoto’vrasanmi dedi :) )) Yoto’vrdim. Quchoqlashib yotdik, u esa tinmay sochimni hidlab yotdi.

Ertalab mani uyg’otdi, oldin budilnigi jiringladi, keyin turish vaqti bo’ldi deb o’pdi, baribir turgim kelmadi, qornimni silagandi turaqoli bir nimani boshlamasidan deb turvoldim :) Avtobusda birga ketdik, u manga suyanib man unga suyanib. Bechora charchagan, kechasi uxlolmagandi, manam qanday uxlaganimni bilmadim, bir tomondan bezovta edim, ikkinchi tomondan mazam yo’q edi.

Yana yozardimu kundaligim, charchaganmanda, kecha yaxshi uxlolmadim, endi bugun dam olay.

Posted in Kundaligim | Leave a comment

Umid, qilsa böladi

Hammasi yaxshilana boshlayapti. Könglimda umid uyg’ondi, ko’p narsalarni to’g'irlasa bo’ladi. U bilan munosabatlar va urf-odatlar haqida gaplashyapmiz. U ota-onasini to’yida qatnashgan ekan, biram g’alati eshitilarkan :) Shvedlada yosh turmush qurish noodatiy hisoblanadi. Ko’pincha odamlar ancha yil birga yashab, bir-birini sinab, farzandli bo’lib keyin nikohdan o’tishadi.

Shunchalik har xil odamlarmiz, har xil millatdanmiz va har xil urv-odatlarga amal qilamiz. Lekin odam harakat qilsa, shu haqida gaplashsa bo’larkan, To’g'ri hali bir qarorga kelganimiz yo’q biz nima qilishimiz haqida, lekin muhimi harakat qilyapmiz.

Posted in Kundaligim | Leave a comment

Hammasi har doimgide

Salom kundaligim! Manimcha hayotim yana bir xil bo’lib boryapti. Manimcha yana hammasi qaytarilyapti. Uni uyidan qaytguncha sezdimki, ötgan yil ham xuddi shu metroda faqat boshqa yigitni uyiga borardim, bu yil ham metroda xuddi shunday kech vaqtda qaytib kelyapman, faqat boshqasinikidan. Faqat odamlar o’zgargan, odatlar esa o’sha.

Yana kasal böldim, 2 kun isitma qilib, ikki kun yaxshi yurdim-de, endi yana isitma qilishni boshladim. Kasal bo’lishdan ham charchadim.  

Unga aytmoqchi bölgan gaplarimni esa aytolmadim. Borganimda bir kun oldin do’stlari bilan ichgan ekan. Hali ham kayfda edi. Uni bo’shatib qo’ygan idishlarini ko’rib o’zi hayron bo’ldim. Shunaqa gaplar kundaligim. Hammasi odatdagiday.

Posted in Kundaligim | Leave a comment

Ey xudo yordam ber

Divanimga özimni tashladimu, “man yengildim” deya qaror chiqazdim. Hammasi teskari ketdi, tarjimonlik vazifasini olgandim, eplolmadim. Kecha yigitim bilan xafalashib qolgandim, u bilan gaplashishga ham endi hohishim yöq edi. Bo’ldi ishimimga yöq eplolmayman deb aytaman va yigitim bilan ham orani ochiq qilaman. Man taslim bölaman. Hammasi qiyin tuyulyapti. 

Oyim aytgandila “erkaklarni hamasi bir xil, faqat ularni tarbiya qilish kerak, shunda ular yaxshi böladi”. Men esa uni tarbiya qilgim kelmayapti. Hech qachon hech kimn tarbiya qilib körmganman. Xatto singlimga “qilsang qil, qilmasang özin bilasan” degan ohangda gapiraman, erkin qöyaman. Mandan hech qanaqa tarbiyachi chimaydi, kimgadir ta’sir o’tkazayotganimni sezsam özim qiynala boshlayman. Hmmm, yöq men taslim bölaman, u özini yöliga ketaversin, men öz yölimda davom etaman deb öyladim. Chunki ishimdan ham omadim kelmay siqilib ötirgandim. Xudoga shukrki unday qilmadim. Ishimni ertaga yana bir marta sinab körmoqchiman, yigitim bilan ham gaplashyapman. Lekin haliham ösha öylar bilan bandman. Hammasini tugatish öylari bilan. Bir tomondan esa hammasi yaxshi bölishiga ozgina qolganda hammasini buzayotgandek sezayapman özimni.

Ey xudo yordam ber, sabr ber quvvat ber hammasini eplab ketishimga. Man faqat hayotda kimdir bölishniva hayotimda kimdir bölishini istayman.

Posted in Kundaligim | 1 Comment

Bilmadim nima yetmayapti manga

Bilmadim nima yetmayapti manga-yu, lekin yigitim borasida ikkilanvomman. Hammasi yaxshi ketyatgandi, toki u bir gapni aytmaguncha.

Uni oilasi bilan ötiribmizde, bir og’iz gapirmidi. Faqat boshida bir ikki og’iz gapirib qöydi, keyin jiiim. Unga savol berishsa yarim minutdan keyin javob beradi. Özi shundog’am dunyodagi eng aqqli yigitmasdiyu, lekin shu hislati bilan dadamga öxshab ketvoti. U ham chakadi, dadam ham. U ham dangasaro, dadam ham. Man esa har doim boshqacharoq odam topaman deb yurgandim. Yana qörqadiganim Toshkentga borib örtoqlarimga voy ne yigitin bunaqa diyishsa “topganim shu” diyishdir. Axir nechtasini tashlab ketdim-ku, tög’ri kelmagani uchun.

Shunchali kamgap bölgani bilan manga e’tibor beradi. Uni oilasi ötiribmiz 2 soatcha, stol atrofida, a u mani sochimi hidlavoti. Bilmadim, bilmadim, bilmadim. Aha, aytgancha, hammasi yaxshi ketayatgandi, toki u mani ota-onam man tug’ilganimda turmush qurishgan demaguncha. U ikkinchi farzand. Nima man uni shuncha kutamanmi? Eng yaxshisi xuddi shu sözlarimni öziga aytishim kerak. Böpti kundaligim saniyam boshini qotirmi :)

Posted in Kundaligim | Leave a comment