Bizlar birga bo’lish uchun sevmadik
Shunchaki yoqqandik bir-birimizga
Shu qo’shiqni hirgoya qilib yuribman shu kunlarda. A bundan boshqa esa hech narsa qilayotganim ham yo’q, ikki haftadan beri yig’ishtirilmayotgan xonam, agar uch hafta bo’magan bo’sa, o’qilmayatgan 10 tadan oshiq kitobim, bajarilmayatgan uyga vazifalarim – hammasi shundog’ligicha turibdi. Yana “yo’q man bu diskni sotib olmayman” degan qog’ozni yuborishim kere, bo’masa sotib olishimga to’g'ri keladi o’sha diskni. Do’xtirga vaqt belgilatishim kere. Hafta boshida bo’ynimga no’xatdey narsa chiqqandi, aytgancha hafta ham sanamay qo’ydim. 25-hafta ekan, hozirgi tugayotgan hafta. Bu hafta ko’p narsa qimadim, faqat ko’p yig’ladim. Sabab uni tashab ketganidamas, va’dalarini bajarmaganida emas, uni unuta olaman. Lekin hozir hammasi oldingidan og’irroq tuyulvotti, zilday bir savol aylanvotti faqat “eplay olamanmi” ?
Atrofdagilar umuman boshaqacha, odamlar biram chigal bunga oldin unchalik e’tibor bermagan ekanman. Avval u bor edi va mani ko’nglim hotirjam edi. U meni suyab turar edi og’ir damlarda. U bor deya boshqalar bilan qiziqmasdim, tashqi dunyo bilan ham. Lekin atrofda odamlar shunday shafqatsiz ekanki, odamlar shunday ko’ngilni darz sindiradigan so’zlar ayta olisharkanki… Man shu odamlar blan yashashib keta olamanmi? Man buni eplay olamanmi?
Uni o’rnini to’ldirishim kerak, yangi do’stlar va yangi mashg’ulotlar topishim kerak. Yangi dos’tni bilmadim, lekin yangi dushmanni aniq orttirvoldim, ” yerga yaqinroq yuring!” edi uni oxirgi so’zlari, keyin u bilan gaplashvotgan oynani yopib qo’ydim. Shunaqa, boshlanishi yomon emas, usiz hayotimni. O’zi bolla bilan uncha chiqishomiman, lekin u bilan har doim fikrimiz bir joydan chiqardi. Yana shunaqasini topolarmikinman…
One Comment
bilami, odam taftini odam oladi deyishadi. Kimnidir o’rnini , albatta kimdir egallay oladi!! Faqat, bunga ishonish kerak holos…..
Yana “eplay olamanmi?!!” degan savol hayolizga keldimi, demak, uje masala hal bo’ldi: eplay olmaysiz! Inson hayotida ko’p narsa uning psixikasiga bog’liq!
Hayotda nimanidir yo’qotish evaziga, nimadir topiladi. Hamma narsa hisob-kitobli!